Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga boradi
Jamiyat
−
02 iyul 2019
4328Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgan Yaponiya Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Itoni qabul qildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Yaponiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ishonch va o‘zaro anglashuvning yuqori darajasiga erishilgani, ikki tomonlama hamkorlikning zaruriy mexanizmlari yaratilgani, tomonlarning xalqaro maydonda muvaffaqiyatli aloqa qilayotganligi ta’kidlandi.
Elchining O‘zbekistondagi uch yillik faoliyati davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashib, uning doirasida mamlakatda energetika, transport, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hozirda 10 iyul kuni Tokioda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Yaponiya va Yaponiya – O‘zbekiston qo‘mitalarining 15 yig‘ilishiga hamda 8-9 iyul kuni Toshkentda o‘tkaziladigan ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 3-konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Ta’kidlanganidek, shu va boshqa qo‘shma tadbirlar O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichlari bo‘lishi kerak.
Suhbat yakunida vazir Elchiga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Nobuaki Ito, o‘z navbatida, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi faoliyati davomida ko‘rsatilgan yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik izhor etdi.
LiveBarchasi