Shavkat Mirziyoyev yapon nashriga intervyu berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning bosh va ustuvor maqsadlaridan biri bu – Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “Nikkei Asian Review” nashriga bergan intervyusida bunga alohida to‘xtalgan.

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, JSTga qo‘shilish kechiktirib bo‘lmaydigan va muhim siyosiy maqsadlardan biri. Shuning uchun, 2017 yilda O‘zbekistonda kompleks islohotlar boshlangan.

Intervyu Yaponiyaga rasmiy tashrifdan avval tashkillashtirilgan va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Sindzo Abe bilan uchrashuvda 6 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan. Loyihalar asosan elektr energiya va qishloq xo‘jaligi sohasiga oid bo‘lishi mo‘ljallangan.

Nashr Yaponiya va AQSH O‘zbekistonda Xitoyning ta’siri o‘sib borayotganidan tashvishda ekanini, ammo Mirzyoyev va Abe uchrashuvida bu jihat ikkinchi darajaga tushishini aytib o‘tgan.

Shavkat Mirziyoyev Abe bilan uchrashuvda erishiladigan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlar rivojida boshlang‘ich nuqta bo‘lishini ta’kidlagan. 

6 mlrd dollarlik kelishuvlarga Navoiydagi IESda yangi gaz turbinalarini o‘rnatish ham kiritilgan. Mirziyoyev Yaponiyaning “Mitsubishi Hitachi Power Systems” kompaniyasi 2 mlrd dollarlik gaz turbinasi loyihasini yutishiga ishonch bildirgan.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda Yaponiya tajribasidan foydalanish istagida ekanini bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bilan neft, gaz, neft-kimyo va turizm sohasida iqtisodiy aloqalar rivojlanganini aytib, uzoq muddatli strategik munosabatlarni mustahkamlash tarafdori ekanini qayd etgan. 

Nashrning qayd etishicha, 22 dekabrdagi parlament saylovlari O‘zbekiston demokratiya rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun ilk qadam bo‘lishini alohida qayd etgan.

O‘zbekistonning diplomatiyasi masalasida Mirziyoyev mamlakat mintaqaning boshqa mamlakatlari hamda Rossiya, AQSH va Xitoy bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashini ta’kidlagan.

“Nikkei” Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning 2018 yildagi yalpi ichki mahsuloti aholi joy boshiga 1550 dollardan to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha tariqasida keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing