Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining matbuot xizmatlari xabar berdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Turli darajalardagi samarali aloqalar mamnuniyat bilan qayd etilgan. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faol rivojlanmoqda.

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, yil boshidan buyon 23 foizga oshgani qayd etilgan.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing