Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qoldi”

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi amfiteatrda mamlakat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda bayram nutqini so‘zladi va unda O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qolganini aytib o‘tdi. 

“Bugun ishonch bilan ayta olamizki, O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qoldi. Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish sur’atini aholining real yalpi daromadi 2016 yilga nisbatan 28 foizga o‘sganida ham ko‘rish mumkin. 

Hozirgi kunda nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 2,7 million so‘mni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 2,1 barobarga oshirildi. Mana, yaqinda qabul qilingan Farmonga binoan, mamlakatimizda 1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini yana oshirdik. 

Biz bundan buyon ham aholimizning daromadi va turmush darajasini muntazam yaxshilab borishga jiddiy ahamiyat qaratamiz”, deydi Prezident. 

Qayd etish kerakki, bundan avvalroq davlat rahbari O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovni yodga olib, mustaqillikning ilk yillarida amalga oshirilgan ulkan ishlarni sanab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing