Shavkat Mirziyoyev UNFPA ijrochi direktorini qabul qildi
Jamiyat
−
13 may 757 1 daqiqa
Bugun, 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida UNFPA rahbari mamlakat yetakchisiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazgan.
BMTning aholishunoslik sohasidagi nufuzli instituti bilan hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning UNFPA bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlangan. Reproduktiv salomatlik, gender tenglik, demografik barqarorlikni ta’minlash sohalarida muhim loyihalar amalga oshirilgpn. Jamg‘arma mamlakat tarixidagi birinchi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etgan.
Ona va bola salomatligini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini himoya qilish borasidagi ijobiy natijalar alohida qayd etilgan.
Hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, mamlakat dasturi doirasida yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, O‘zbekistonda va BMT doirasida yuqori darajadagi tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olingan.
Live
Barchasi