Shavkat Mirziyoyev Ummon sultonligiga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 yanvar kuni Ummon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said nomiga Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etib, maktub yo‘lladi.

“Ul zot Sultonlik taraqqiyoti va ravnaqi, mamlakat xalqining farovonligi va xalqaro maydondagi o‘rnini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida beqiyos sa’y-harakatlarni amalga oshirgan o‘z Vatanining chinakam fidoyi farzandi hamda xalqining cheksiz hurmatiga sazovor bo‘lgan taniqli va mohir davlat arbobi edilar”, deyiladi hamdardlik nomasida.

Eslatib o‘tamiz, Ummon sultoni Qobus bin Said 79 yoshida vafot etdi.

Qobus bin Said Ummon taxtini 1970 yilda egallagandi. U 1970 yilda o‘z otasi Said bin Taymurni taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan. Otasi mamlakatdan chiqib ketib, Buyuk Britaniyaga yo‘l olishga majbur bo‘lgan. Said bin Taymur u yerda 1972 yilda vafot etgan.

2015 yilda sultonda saraton kasalligi aniqlandi. O‘tgan yil oxirida uning ahvoli yaxshilandi va qisqa vaqt davomida sulton davolanish uchun Belgiyaga jo‘nab ketdi. So‘nggi bir necha kun ichida Ummon ommaviy axborot vositalari davlat rahbarining ahvoli barqaror ekanligi haqida xabar berishdi.

Qobus bin Saidning o‘z vorisi yo‘qligi sababli Ummon Madaniyat va milliy meros vaziri Haysam bin Toriq al-Said mamlakatning yangi rahbari bo‘ldi. U Ummon Kengashida qasamyod ham qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ummon sultonligi

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing