Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga jönab ketdi
Jamiyat
−
12:10 558 1 daqiqa
Bugun, 29 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning taklifiga binoan amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston rahbari Anqara şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining “Turk asri: tilda, fikrda va işda birlik” mavzusidagi navbatdagi sammitida iştirok etadi.
Taşkilot doirasida köp tomonlama hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, şuningdek, turizm, ekologiya va ta’lim yönalişlarida yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadi.
Sammit yakunlari böyiça Anqara deklaratsiyasi hamda taşkilotga a’zo mamlakatlar örtasidagi özaro manfaatli şeriklikni rivojlantirişga qaratilgan qator qöşma qaror va hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Live
Barchasi27 Oktyabr