Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashda beshta tashabbus bildirdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul yaqinidagi “Demokratiya va erkinlik” orolida o‘tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston rahbari nutqi davomida raqamlashtirish, ekologiya, madaniyat va yoshlar masalalari borasida ham muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Bular:

•    “aqlli shahar”larni barpo etish bo‘yicha tajriba almashish va innovatsiyalarni transfer qilish maqsadida ekspertlar va IT-mutaxassislar uchun doimiy platforma yaratish;

•    Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Turkiy mamlakatlarning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha tuzilmasini tuzish;

•    “Turkiy dunyo turizmi” va “Tabarruk ziyorat” sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va etnosport musobaqalarini o‘tkazish, madaniy meros ob’ektlarini saqlash, restavratsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish;

•    Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o‘rganish tadqiqot markazini tashkil etish;

•    2022 yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilish.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing