Shavkat Mirziyoyev Turkistonda Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida davlat rahbarining joriy yil yanvar oyida Anqaraga rasmiy tashrifi O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqqani ta’kidlangan.

Oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar o‘rtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etilgan.

Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal o‘sib bormoqda. Turk kompaniyalari ishtirokida salmoqli loyihalar portfeli shakllantirilib, ishlar izchil amalga oshirilyapti.

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayev bilan birgalikda Turkiston shahrida O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishgan edi. Keyinroq, Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Erdo'g'an Turkiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing