Shavkat Mirziyoyev Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot kotibi xabar berdi.

“Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. Sizning qat’iy siyosiy yetakchiligingiz va mustahkam irodangiz tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va qudrati tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istar edim”, deyiladi maktubda.

Shuningdek, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi sur’atiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, sifat va mazmun jihatidan yanada boyib borayotgani qayd etilgan.

“Bugun O‘zbekiston – AQSH aloqalari har qachongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etayotgani ham ayni haqiqatdir”, deyiladi maktubda.

O‘zbekiston rahbari ochiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston AQSH bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklikka asoslangan aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini bildirgan. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga alohida ahamiyat qaratilayotgani qayd etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Donald Trampning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini ta’kidlagan. Turli xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib, yangi amaliy natijalar bilan boyib borishiga ishonch bildirilgan.

Strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti amerikalik mavqedoshini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etgan.

Yakunda O‘zbekiston yetakchisi Donald Trampga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik  tilagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing