Shavkat Mirziyoyev Tokioga yetib bordi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
6896O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.
Davlat rahbari Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva bilan Yaponiya poytaxti Tokioga yetib keldi.
"Xaneda" xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar, ta’lim tizimini tiklash masalalari vaziri Xagiuda Koichi, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Xideki Uyama va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Tokioda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.