Shavkat Mirziyoyev Tbilisidagi Qahramonlar maydoniga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.

Mamlakat yetakchisi Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ygan. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangragan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ayni paytda davlat tashrifi bilan Gruziyada bo‘lib turibdi. Kecha, 2 iyul kuni Tbilisi shahridagi Orbeliani saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Tbilisi shahridagi tadbirlar doirasida Shavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing