Shavkat Mirziyoyev Tbilisida tantanali kutib olindi
Jamiyat
−
02 iyul 1389 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Tbilisi shahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili samimiy qarshi olgan.


Oliy martabali mehmon sharafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.


Davlat madhiyalari yangragan. Yetakchilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.


Birgalikda suratga tushilgan. Ayni paytda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Live
Barchasi