Shavkat Mirziyoyev Sindorovga faxriy unvon topshirdi 

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 noyabr kuni shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonini topshirdi. 

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida yakuniga yetgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Tarixda biron marta o‘zbek shaxmatchisi Jahon kubogi finaliga qadar yetib kela olmagandi. Endi ushbu muvaffaqiyat orqali Javohir Sindorov 2026 yilning mart oyida o‘tkaziladigan nomzodlar turnirida ishtirok etadi.

Elatib o‘tamiz, kecha, 27 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorovga Prezident sovg‘asi – 3 xonali xonadon va uning murabbiylarini esa pul mukofotlari bilan taqdirlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jahon kubogi Javohir Sindorov faxriy unvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing