Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
10 iyul 2757 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Guansi provinsiyasida joylashgan Liulan suv omborining yorilishi oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Xitoy janubi-sharqidagi Futszyan viloyatida joylashgan poyabzal fabrikasida chiqqan yong‘in oqibatida kamida 28 kishi qurbon bo‘ldi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul