Xitoyda suv ombori yorilib ketdi. Kamida 39 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
09 iyul 5587 1 daqiqa
Xitoyning Guansi provinsiyasida joylashgan Liulan suv omborining yorilishi natijasida kamida 39 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda hukumat ma’lumotlariga tayanib, “Sinxua” xabar berdi.
“9 iyul tush paytiga qadar Guansi provinsiyasining Nannin shahrida yuz bergan suv toshqini va Liulan suv omborining yorilishi oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 39 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni paytda yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Vaziyatni suv toshqinlarini nazorat qilish va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish xizmati kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Xubey provinsiyasida yuz bergan 2 ta tornado oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, yana bir kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi