Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Davlat rahbari Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan ta’ziya bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 mart kuni China Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Xitoy janubida halokatga uchradi. Bortida 133 kishi bo‘lgan havo kemasi Kunmindan Guanchjouga uchayotgan bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Si Tszin'pin

Baholaganlar

916

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing