Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga va do‘st Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

O‘zbekiston umumiy xatarga qarshi samarali kurashish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishni imzolagandi.

Ma’lumot uchun, bugungacha Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib, dunyoga tarqalgan 2019-nCoV virusidan 259 nafar odam halok bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha ushbu virus bilan kasallanganlar 11943 nafarga yetdi. Virus yuqtirganlarning asosiy qismi – 11791 nafari Xitoyda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Si Tszin'pin

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing