Shavkat Mirziyoyev Sergey Lebedevni qabul qildi
Jamiyat
−
23 dekabr 2019
5578O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida O‘zbekistonda bo‘lib turgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga navbatdagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida MDH missiyasi faol ishlaginini ta’kidladi.
Sergey Lebedev saylovni kuzatishda ishtirok etish taklifi, qolaversa, Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar va Ijroiya qo‘mitadan 180 vakildan iborat MDH kuzatuvchilar missiyasining samarali faoliyatini ta’minlash yo‘lida yaratilgan qulay sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Saylov jarayoni yuksak saviyada tashkil etilgani, milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga to‘liq mos ravishda o‘tgani qayd etildi.
MDH Ijrochi kotibi saylov ko‘p partiyaviylik asosida, erkin, shaffof va raqobat muhitida o‘tgani, mamlakatdagi demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirishning muhim omili bo‘lganini ta’kidladi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistonning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorligi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Respublikaning 2020 yilda MDHda raisligini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
LiveBarchasi