Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
16:04 509 1 daqiqa
Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belgrad shahriga tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha salmoqli hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi