Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 sentyabr kuni Samarqandga keldi.

Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

443

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing