Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi mehmonxonalarning sharoiti bilan tanishdi

Jamiyat

image

Yaqin oylarda Samarqandda bir nechta xalqaro darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu anjumanlarga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi chog‘ida bugun, 24 avgust kuni ushbu jarayonni ko‘zdan kechirdi.

“Samarqand shahrida XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid obidalar ko‘p. Alisher Navoiy hamda Shohruh ko‘chalaridagi shunday tarixiy binolarda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikka bag‘ishlangan muzeylar tashkil etish rejalashtirilgan”, deb yozmoqda Prezident Matbuot xizmati.

Prezident bu rejalarni ma’qullab, muzeylarni mazmunan boyitish, hamkor mamlakatlar bilan yaqin munosabatlarni namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Kecha, 23 avgust kuni Samarqand tumanida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi ochilgan edi. Bu majmua yirik xalqaro anjumanlarga mezbonlik qiladi.

Davlat rahbari bu yerdagi Kongress xoll va mehmonxonalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.

Qayd etilishicha, mehmonxonalarning ikkitasi 5 yulduzli va oltitasi 4 yulduzlidir. Kongress xollning umumiy maydoni qariyb 6 ming kvadrat metr. U 3 ming 500 kishini qabul qilish quvvatiga ega. Anjumanlar vaqtida ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun situatsion markaz ham tashkil etilgan.

Prezident bu yerda xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bergan.

Shu bilan davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi, Prezident Toshkentga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

238

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing