Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
22 avgust 2022
16323Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qirg‘iziston fuqarolarining halok bo‘lgan va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Qardosh Qirg‘iziston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi”, deydi Asadov.
Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida ikkita yuk mashinasi va Mercedes mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 16 kishi vafot etdi. Qurbonlarning 14 nafari Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 264-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.