Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Jamiyat
−
02 dekabr 2020
11263Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy darajadagi samarali muloqot tufayli O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal sur’at bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini davlat rahbari katta mamnuniyat bilan qayd etgan.
Dmitriy Kozak O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida e’tibor qaratilgan.
Xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashilgan.
LiveBarchasi