Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak va Bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston-Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Shuningdek, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, farmatsevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

“Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing