Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga sovg‘a yubordi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston delegatsiyasi Checheniston Respublikasiga tashrif buyurib, uning Prezidenti Ramzan Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Checheniston rahbarining o‘zi xabar berdi.

O‘zbekiston vakillari Qodirovga Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriknomasi va sovg‘a – “Poi-Kalon ansambli”ning oltin va kumushdan ishlangan 3D suratini taqdim etgan.

Poi-Kalon – Buxorodagi me’moriy ansambl. Ansambl tarkibiga bir paytlar Checheniston prezidentining otasi Axmat Qodirov tahsil olgan Mir Arab madrasasi kiradi.

“Mehribon otam Buxoroda o‘qigan davrlarini doimo faqat yaxshi so‘zlar bilan eslar, samimiy va mehribon aholi haqida gapirardi”, deb eslaydi Ramzan Qodirov.

Checheniston Respublikasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi bilan samarali hamkorlik uchun ham minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, u barcha O‘zbekiston aholisini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ramzan Qodirov

Baholaganlar

809

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing