Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Budapeshtga yetib bordi

Jamiyat

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida amaliy tashrif bilan Bo‘dapeshtga yetib bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Vengriya Bosh vaziri Administratsiyasi rahbari – vazir Gergey Guyyash va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. 

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun, 19 avgust kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevning faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga borishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ziroat Mirziyoeva Viktor Orban Budapesht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing