Prezident ertaga Vengriyaga boradi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yilning 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyurishi mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing