Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqaraga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Turkiyaga rasmiy tashrif bilan yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtning “Esonbug‘a” aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun ikki mamlakat yetakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar doirasida O‘zbekiston - Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevning Turkiyaga otlanayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing