Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
26 noyabr 2021 33954 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
Ma’lumot uchun, kecha, 25 noyabr kuni tongda Rossiyaning Kemerova viloyati, “Listvyajnaya” konida yong‘in yuz berdi. Voqea oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Yong‘in vaqtida 285 kishi yer ostida bo‘lgan va ularning 237 nafari evakuatsiya qilingan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr