Shavkat Mirziyoyev poytaxtga qaytdi
Jamiyat
−
21 avgust 2019
3157O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik safarini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.
Davlat rahbari tashrifining birinchi kunida Mo‘ynoq tumaniga borib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, keyin baliqchilik korxonasida bo‘ldi. Shundan so‘ng, "Mo‘ynoq porloq teks" korxonasini borib ko‘rdi va Mo‘ynoq tumanidagi madaniyat markazida qoraqalpog‘istonlik faollar bilan muloqot qildi.
Bugun, 21 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga safari davom etdi. Tashrifining ikkinchi kunida davlat rahbari Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari Prezident tanqidiga uchradi. Shuningdek, yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Shundan so‘ng, davlat rahbari Nukusda qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyevning tashrifi Taxiatosh IESini ko‘zdan kechirish bilan yakunlandi. Davlat rahbari poytaxtga qaytib keldi.
LiveBarchasi