Shavkat Mirziyoyev Pokistonda tantanali kutib olindi
Jamiyat
−
05 fevral 2263 1 daqiqa
Pokiston Bosh vazirining qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan. Davlat madhiyalari yangragan.


Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.


Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Pokistonda “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv o‘tkazgani va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Ishoq Dorni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi