Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga dron hujumini keskin qoraladi
Jamiyat
−
05 mart 3009 2 daqiqa
Bugun, 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, Ozarbayjonga dron hujumini keskin qoraladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Co‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskinlikning avj olishi ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgani va jiddiy xavotir uyg‘otayotgani alohida qayd etilgan.
Muborak Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday voqealar umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro normalar va davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga zid ekani ta’kidlangan.
O‘zbekiston yetakchisi fuqarolarni Erondan Ozarbayjon hududi orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yaratilayotgan sharoitlar uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirgan.
Ozarbayjon Prezidenti, o‘z navbatida, davlat rahbariga do‘stona suhbat va sinovli damlarda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida tashakkur izhor etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron dronlari Ozarbayjonning Naxchivon Avtonom Respublikasi hududiga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, hujumdan jiddiy xavotir bildirdi. Ilhom Aliyev esa Eronning Naxichevonga qilgan hujumini terroristik harakat deb atadi va Eron buning uchun uzr so‘rashi kerakligini aytdi.
Live
Barchasi