Shavkat Mirziyoyev “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. 

Prezident Mirziyoyev tashrifi davomida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Umumbashariy ahamiyatga ega ushbu majmua Ikkinchi jahon urushi o‘choqlarida Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan. “Isming noma’lum, jasorating barhayot” yozuvi bitilgan mazkur yodgorlik ajdodlarning ko‘rsatgan qahramonligi va jasoratining ramziy ifodasidir.

Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston sarhadlaridan olisda kechgan bo‘lsa-da, uning suronli ta’siri, iztiroblari hech bir o‘zbek xonadonini chetlab o‘tgan emas. Xalqimiz fashizm ustidan erishilgan g‘alabani ta’minlashga buyuk hissa qo‘shgan. Respublikamizdan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilib, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan yurtimizga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Saxovatli va tanti elimiz ularga o‘z uyidan joy berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rgan.

По окончании параda Владимир Путин вместе с глаvaми иностранных госуdaрств почтил память погибших в Великой Отечественной войне, возложив цветы к Могиле Неизвестного Солdaта в Aleksandrовском саду.

Prezident Shavkat Mirziyoyev insoniyat tinchligi uchun jon fido qilgan vatanparvar insonlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

По окончании параda Владимир Путин вместе с глаvaми иностранных госуdaрств почтил память погибших в Великой Отечественной войне, возложив цветы к Могиле Неизвестного Солdaта в Aleksandrовском саду.

Ma’lumot o‘rnida, 1966-1967 yillarda barpo etilgan mazkur majmuada abadiy olov  alangalanib turadi. Unga Rossiya Federatsiyasining madaniy merosi ob’ekti maqomi berilgan.

По окончании параda Владимир Путин вместе с глаvaми иностранных госуdaрств почтил память погибших в Великой Отечественной войне, возложив цветы к Могиле Неизвестного Солdaта в Aleksandrовском саду.

Eslatib o‘tamiz, marosimda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Prezidentlari ham ishtirok etmoqda. 

По окончании параda Владимир Путин вместе с глаvaми иностранных госуdaрств почтил память погибших в Великой Отечественной войне, возложив цветы к Могиле Неизвестного Солdaта в Aleksandrовском саду.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev G'alaba paradi

Baholaganlar

110

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing