Shavkat Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni tabrikladi
Jamiyat
−
29 dekabr 2021
12805Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jahon chempionini g‘alaba bilan qutladi.
“MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda Prezidentimiz va butun delegatsiya tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovning ishtirokini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib bordi. Davlatimiz rahbari shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha yangi va eng yosh jahon chempioniga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llamoqda hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirmoqda. Barakalla!”, degan Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli shaxmatchi Abdusattorov sensatsion ravishda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi va uni yaqqol yetakchilik imkoniyatidan mahrum etdi. 13 ta partiyadan so‘ng Abdusattorov, Yan Nepomnyashiy, Magnus Karlsen va Fabiano Karuana bir xil — 9,5 ochko to‘pladi. G‘oliblik Abdusattorov va rossiyalik Nepomnyashiy o‘rtasidagi tay-brekda aniqlandi. Tay-brekda Nodirbek g‘alaba qozonib (1,5-0,5), jahon chempioniga aylandi.
LiveBarchasi