Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni qabul qildi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
3373O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning Ashxobod sammiti doirasida Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Hukumatlararo va idoralararo darajada o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Xalqaro siyosat va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
LiveBarchasi