Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Jamiyat
−
09 may 2019 7524 1 daqiqa
Bugun O‘zbekistonda umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
9 may kun ertalabdan Toshkentdagi Xotira maydoniga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar yig‘ildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xotira maydoniga kirib keldi.
Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari tomonidan Motamsaro ona haykaliga gullar qo‘yildi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr