Shavkat Mirziyoyev Lukashenko bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
08 iyul 2314 1 daqiqa
Bugun, 8 iyul kuni Minskka rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belarus yetakchisi O‘zbekiston rahbarini samimiy qutlab, tashrif uchun minnatdorlik bildirgan. Prezidentlar bo‘lajak muzokaralar kun tartibi yuzasidan fikr almashgan.
Tashrif arafasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar, shu jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Hududlararo forum yakunlari yuqori baholangan.
Ma’lumot uchun, tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari muzokara o‘tkazadi.
Live
Barchasi