Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga 2 xonali uy sovg‘a qildi
Jamiyat
−
08:31 7635 1 daqiqa
Kecha, 6 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tgandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, qashqadaryolik ijodkor Latofat Amirovaga 2 xonali uy sovg‘a qildi.
Amirova Prezidentga xotin va qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘z she’rlaridan aytib bergan.
Shavkat Mirziyoyev esa unga ikki xonali uy berish haqida qaror qilganini aytgan.
“Yurtboshimizning bugun bizga bergan yuksak mukofot va e’tiroflaridan boshim ko‘kka yetdi. Albatta, bu mukofot yutuq bo‘libgina qolmay ulkan mas’uliyatdir! Munosib javob berishga, O‘zbekistonim sharafini yanada yuksaltirishga va’da beraman. Fikrlarim va rahmatlarim juda ko‘p”, deya ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida yozib qoldirgan Amirova.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida jonli ijroda qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga mashina sovg‘a qilgandi.
Live
Barchasi