Shavkat Mirziyoyev Italiyaga boradi
Jamiyat
−
30 dekabr 2019
5815O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa va dunyoning yana bir rivojlangan davlati Italiyaga tashrifi rejalashtirilyapti. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 10-14 dekabr kunlari vazir o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Italiyaning Milan va Rim shaharlariga tashrif buyurib, Lombardiya mintaqasi rahbariyati, yetakchi kompaniya, uyushma va ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi.
Milanda bo‘lib o‘tgan Lombardiya viloyati gubernatori o‘rinbosari F. Sala bilan uchrashuv eng muhim bo‘lib, unda Italiyaga oliy darajadagi tashrif doirasida tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, deyiladi xabarda.
2020 yilning bahorida mintaqadagi yirik kompaniyalar vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, Italiyaning Milan shahrida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan o‘zbek mahsulotlarining ko‘rgazma xonasi va B2B uchrashuvlari va boshqa biznes-tadbirlarni o‘tkazish uchun maydoni bor O‘zbekiston savdo uyini tashkil etishda Italiya tomonining amaliy yordam ko‘rsatishi haqida so‘z yuritildi.
Italiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik agentligi bosh direktori J. Marrapodi bilan ham muloqot bo‘lib o‘tdi. J. Marrapodi Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish jarayonlarida Italiya tomonidan texnik yordam ko‘rsatish orqali idoralararo hamkorlikni mustahkamlash uchun salohiyatni borligini qayd etdi. Ushbu maqsadda agentlik rahbari aniq harakatlar dasturini ishlab chiqish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Bir qator yirik Italiya kompaniyalari va sanoat birlashmalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi. “Fiera Milano” ko‘rgazma markazi direktori F. Churchi bilan 2020 yilda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini va O‘zbekiston-Italiya biznes-forumini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar, Italiya sanoati umumjahon konfederatsiyasi (“Konfindustriya”) mintaqaviy prezidenti E. Ferling bilan ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilarining sanoat va texnik sherikligini yo‘lga qo‘yish uchun doimiy maydon yaratish maqsadida O‘zbekistonda “Konfindustrii” mintaqaviy ofisini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tashrifning muhim amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va «Kedrion Biopharma» kompaniyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida qon quyish shoxobchalarini qayta qurish va O‘zbekistonda 25 million yevro qiymatidagi qon plazmasi ishlab chiqaradigan zavod qurish loyihasini amalga oshirish doirasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bundan tashqari, “Pietro Fiorentini”, “Saipem”, “Red Fish Capital”, “Toscana Nastri”, “Famekanika”, “Omnia Onlus Fondzioni” kabi 30 dan ortiq Italiya kompaniyalari rahbariyati bilan alohida uchrashuvlar chog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar va yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlari bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ta’lim sohasida Italiyaning eng qadimgi ta’lim muassasasidan biri Piza Universiteti prorektori F. Marcyelloni bilan muzokaralarda bilan muzokaralar chog‘ida soha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun O‘zbekistonda universitet filialini tashkil etish istiqbollari ishlab chiqildi.