Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti bilan nonushta qildi
Jamiyat
−
08 iyun 2023
9163O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifi davomida mamlakat Prezidenti Serjo Mattarella bilan uchrashdi. Bu haqda Italiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 9 iyun kuni ertalab Italiya rahbari Shavkat Mirziyoyevni Kvirinal saroyida qabul qilgan, so‘ng ular birgalikda nonushta qilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Italiya Vazirlar Kengashi vitse-prezidenti – Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Antonio Tajani bilan ham uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rim shahriga bordi. Shavkat Mirziyoyevni Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
LiveBarchasi