Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tabrikladi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidentiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi yutuqlar, do‘st Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan. 

Bugun, 9 sentyabr kuni Tojikistonda asosiy Milliy bayram – Davlat mustaqilligi kuni nishonlanmoqda. 

Bundan 29 yil oldin Respublika Oliy Kengashining sessiyasida davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. 

Imomali Rahmon esa Tojikistonning uchinchi Prezidenti. U ushbu lavozimga 1996 yilda kelgan. Joriy yilning 11 oktyabr kuni Tojikistonda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Hukmron Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi, Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va mamlakat Yoshlar ittifoqi amaldagi prezident Imomali Rahmonni bo‘lajak saylovlarga nomzodini ilgari surdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing