Mirziyoyev va Rahmon sirdaryoliklarni vahimaga solgan suv omborini ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image
Bugun, 11 iyun kuni Tojikistonga tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon hamrohligida “Qayroqqum” suv omborini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Navbatdagi ob’ekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan “Qayroqqum” suv ombori buzilib ketgani haqida ma’lumot tarqalgandi. Bu xabarlar o‘tgan yili may oyida toshqindan zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholi orasida vahima uyg‘otgan. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlar ham bo‘lgan. Bundan xabar topgan Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev tumanlarga yetib borgandi.

Shundan so‘ng,  O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, mish-mishlarni rad qilgandi.

Shundan so‘ng, ikki davlat rahbarlari Qayroqqum gilamlari” korxonasini borib ko‘rdi.

Qayd etilishicha, bu fabrika 1957 yilda ishga tushurilgan. 2019 yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qayroqqum gilamlari Sharq an’analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

531

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing