Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbari viloyatga tashrifini Payariq tumaniga borib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. U yerda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qilgan.

“Ilohim, duolarimiz ijobat bo‘lib, Alloh yurtimizni tinchlik-osoyishtalikda saqlasin, fayzu baraka bersin. Mana, mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida turibmiz. Xalqimiz bilan birga shu kunlarga yetganimizga shukrlar aytamiz. Oldimizga yana katta-katta rejalar qo‘yganmiz. Buning uchun ikki karra ko‘proq harakat qilishimiz, yoshlar tarbiyasiga e’tibor berishimiz kerak. Hamma sohada ta’limni, bilimni oshirsak, natijalar yuqori bo‘ladi. Yoshlarimiz Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bekday bobolarimizga munosib bo‘lishini istaymiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, Islom ma’rifati bo‘yicha, xuddi Buxorodagidek, Samarqandda ham namuna yaratish kerakligi ta’kidlangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Shavkat Mirziyoyev pardozlash ishlari namunalarini ko‘zdan kechirgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing