Shavkat Mirziyoyev evakuatsiya qilinganlardan xabar oldi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi. Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, hammaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta’mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari 2 may tunda Toshkentga qaytib kelgani ma’lum qilindi

Avvalroq, Prezident Sardobada yuzaga kelgan suv toshqini talafotini bartaraf etish rejasini ma’lum qilgandi. Keyinroq, Gulistonda favqulodda hodisa bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sardoba suv ombori

Baholaganlar

288

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing