Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmanistonga boradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tashrif dasturida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

“Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida muloqot o‘tkazilishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing