Shavkat Mirziyoyev bugun OKMKga boradi
Jamiyat
−
29 iyul 2021 6392 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlat rahbari kombinat konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi ishlar bilan tanishadi.
“Kombinatda mamlakatimiz kon sanoatidagi yana bir yirik loyiha – “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu loyiha doirasidagi yangi quvvat – 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yadi”, degan Asadov.
Live
Barchasi