Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida qatnashadi
Jamiyat
−
22 Oktabr
5680O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24 oktyabr kunlari BRICS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan "BRICS plyus" formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.
Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.
LiveBarchasi