Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
20:27 505 1 daqiqa
Bugun, 18 may kuni Butunjahon urbanizatsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Habitat) ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida BMT-Habitat bilan shaharlarni barqaror rivojlantirish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish hamda shaharsozlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.
O‘tgan yili Samarqand iqlim forumi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosi ham ko‘rib chiqilgan. Hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, sohaga oid loyihalarni ilgari surish hamda ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlangan.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Butunjahon urbanizatsiya forumida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etib, bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ushbu safari doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Live
Barchasi