Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi
Jamiyat
−
30 iyun 2334 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, o‘z bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali va“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Bugun, 30 iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari mamlakat yoshlarining har birida katta salohiyat, iste’dod va iqtidor borligini qayd etgan.





“Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir!





Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!” deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng Prezident yoshlarga davlat mukofotlarini topshirgan.
“Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak e’tirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin!” deydi O‘zbekiston yetakchisi.






Mukofotlangan yoshlar davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham o‘z bilimi, mehnati va tashabbuslari bilan mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul